Koreys tili o‘quv markazi

Koreys tilini noldan TOPIK darajasigacha o‘rganing

  • TOPIK 5–6 darajali ustozlar
  • Haftada 6 kun shug‘ullanish
  • Birinchi dars bepul

Bepul sinov darsiga yoziling

Ma’lumotlaringizni qoldiring — o‘zimiz bog‘lanamiz.

O‘qish formati

Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.

Yoki bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing:

Natijalar

O‘quvchilarimizning rasmiy natijalari

TOPIK va SKA imtihonlarining natija varaqalari. Kattalashtirish uchun rasmni bosing.

Barcha natijalar Telegram kanalimizda

Nega biz

Siz faqat darsga kelib-ketmaysiz

Asosiy darslardan tashqari ham ustoz bilan har kuni koreys tili bilan shug‘ullanasiz.

TOPIK 5–6 darajali ustozlar

Siz bilan 2 ta ustoz shug‘ullanadi. Darslarni imtihonni eng yuqori darajada topshirgan ustozlar o‘tadi.

Darsdan tashqari yordam

Darsdan tashqari siz bilan qo‘shimcha ustoz shug‘ullanadi: soat 10:00–20:00 gacha yordamchi ustoz siz bilan ishlaydi.

Barcha materiallar beriladi

Natijaga chiqishingiz uchun barcha lug‘at, kitob va boshqa materiallar biz tomonimizdan taqdim etiladi.

Birinchi dars bepul

Avval dars jarayonini ko‘rasiz. Ma’qul kelsa, darslarni davom ettirasiz.

Kurslar va narxlar

Onlayn yoki offlayn — o‘zingizga qulayini tanlang

Ikkala kursda ham birinchi dars bepul: avval dars jarayonini ko‘rasiz, ma’qul kelsa darslarni davom ettirasiz.

0 dan boshlovchilar uchun

Kursda 4 oyda koreys tilida gaplasha oladigan darajaga chiqasiz va TOPIK 2 sertifikatiga tayyor bo‘lasiz.

Oldin o‘rgangan bo‘lsangiz

Bilim darajangizga qarab 3–6 oy oralig‘ida TOPIK 3 dan 6 darajagacha tayyor bo‘lasiz.

Telegram / Zoom

Onlayn kurs

Istalgan joydan jonli darslar. Qatnasha olmagan darsingizni yozuvdan qayta ko‘rasiz.

490 000 so‘m / oy

Dars jadvali

  • Haftada 3 kun, har biri 1,5 soatdan
  • Darslar Telegram yoki Zoom’da jonli o‘tadi
  • Barcha darslar yozib olinadi — keyin qayta ko‘rish mumkin

Kursga nimalar kiradi

  • TOPIK 5–6 darajali ustozlar
  • Darsdan tashqari yordamchi ustoz bilan 10:00–20:00 gacha shug‘ullanish: tushunmagan mavzularni so‘raysiz, topshiriqlarni tekshirtirasiz
  • Grammatika va lug‘at materiallari
  • TOPIK testlari va qo‘shimcha mashqlar

Qanday boshlaymiz

Arizadan guruhgacha — to‘rt qadam

  1. Ariza qoldirasiz

    Ism, telefon va hududingizni yozasiz — 3 soat ichida siz bilan bog‘lanamiz.

  2. Darajangizni aniqlaymiz

    Administrator siz bilan gaplashib, bilim darajangizni aniqlaydi va qulay vaqtni kelishadi.

  3. Bepul darsda qatnashasiz

    O‘qitish tizimimiz va dars jarayonini ko‘rib chiqasiz.

  4. Guruhga qo‘shilasiz

    Ma’qul kelsa, darslarni davom ettirasiz.

Koreyada o‘qish

Faqat tilni o‘rgatib qolmaymiz

Bizda o‘qib yaxshi natija qilsangiz, Koreyaning nufuzli universitetlariga hujjat topshirish va Koreyaga ketish jarayonida yordam beramiz.

Batafsil so‘rash
  • Bakalavr
  • Magistratura
  • Kasbiy ta’lim
  • Til kurslari

Ko‘p beriladigan savollar

Savollaringizga javoblar

Koreys tilini umuman bilmayman. Qaysi kursdan boshlayman?

0 dan boshlovchilar guruhidan. Kursda 4 oyda koreys tilida gaplasha oladigan darajaga chiqasiz va TOPIK 2 sertifikatiga tayyor bo‘lasiz. Ariza qoldiring — qulay vaqtingizga qarab mos guruhni taklif qilamiz.

Qancha vaqt ichida natijaga chiqaman?

Agar siz TOPIKdan 3, 4, 5 yoki 6 darajani olmoqchi bo‘lsangiz, bilim darajangizga qarab 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddatda natijaga olib chiqamiz. 0 dan boshlasangiz — 4 oyda koreys tilida gaplasha oladigan darajaga chiqasiz va TOPIK 2 sertifikatiga tayyor bo‘lasiz.

TOPIK nima va u nima uchun kerak?

TOPIK — koreys tilini bilish darajasini aniqlaydigan xalqaro imtihon. TOPIK I 1–2-darajalarni, TOPIK II 3–6-darajalarni qamrab oladi. Sertifikat Koreya universitetlariga hujjat topshirishda, grantlarda va ishga joylashishda so‘raladi.

Birinchi dars haqiqatan ham bepulmi?

Ha. Avval dars jarayonini ko‘rib chiqasiz, ma’qul kelsa darslarni davom ettirasiz. Sizni hech narsaga majbur qilmaydi.

Onlayn darslar qanday o‘tadi?

Telegram yoki Zoom’da jonli. Barcha darslar yozib olinadi — qatnasha olmasangiz, keyin qayta ko‘rasiz.

Darsdan tashqari savol bersam bo‘ladimi?

Ha. Darsdan tashqari siz bilan yordamchi ustoz soat 10:00–20:00 gacha shug‘ullanadi: tushunmagan mavzularni so‘raysiz, topshiriqlarni tekshirtirasiz va bilimingizni mustahkamlaysiz.

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

Bepul darsdan so‘ng, ma’qul kelsa, administrator to‘lov ma’lumotlarini yuboradi. To‘lovdan keyin chekni albatta yuboring — chek yuborilmasa, to‘lov hisobga olinmaydi.

Koreyaga o‘qishga ketishda yordam berasizmi?

Ha. Bizda o‘qib yaxshi natija qilgan o‘quvchilarga bakalavr, magistratura, kasbiy ta’lim va til kurslariga hujjat topshirish hamda Koreyaga ketish jarayonida yordam beramiz.

Manzil

Offlayn darslar markazimizda

Toshkent shahri. Mo‘ljal: Hamid Olimjon metrosining yonida. Metrodan markazgacha yo‘lni videoda ko‘ring yoki xaritada oching. Adashsangiz — qo‘ng‘iroq qiling, yo‘lni tushuntiramiz.

Yetib kelish yo‘riqnomasi: Hamid Olimjon metrosidan markazgacha
Bepul darsga yozilish